Главная » 2021 » Май » 16 » Isroilda sinagoga tribunasi qulab tushdi (video)
23:16

Isroilda sinagoga tribunasi qulab tushdi (video)


Isroilning Givat-Zeyev shahrida Hosidlar ibodatxonasi tribunasi qulab tushdi, u yerda juda ko‘p odam bo‘lgan, deb yozmoqda The Jerusalem Post.

Magen David Adom tez yordam xizmati shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra, o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolib ketgan. Taxminan 60 kishi jarohat olgan, ulardan bir qanchasining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Tribunaning qulash sabablari haqida hozircha xabar berilmagan. 

Ayrim xorijiy OAV xabarlariga ko‘ra, bir kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Hodisa ibodat paytida yuz berdi, dedi Isroil politsiyasi vakili Mixeal Zingerman. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, jiddiy jarohatlanganlar yo‘q, besh-olti kishining ahvoli o‘rtacha, qolganlari yengil jarohat olishgan.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: qulab tushdi, tribunasi, (Video), sinagoga, Isroilda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя