Главная » 2020 » Апрель » 3 » ISROILNING «MEDCU» KOMPANIYASI KORONAVIRUSNI O'LDIRUVCHI NIQOB TURINI YARATDI…
15:09

ISROILNING «MEDCU» KOMPANIYASI KORONAVIRUSNI O'LDIRUVCHI NIQOB TURINI YARATDI…


Ushbu niqob mis komponentlaridan tashkil topgan. Agar koronavirus niqobga kelib urilsa, bir necha daqiqa ichida o'lim topadi. Niqob nafaqat koronavirus, balki har qanday turdagi bakteriyalarga ham o'lim hadya etadi.

— Biz o'z ixtiromiz bilan faxrlanamiz, — dedi kompaniya direktori Dani Lyustiger. — Chunki dunyoda birinchilardan bo'lib koronavirusning haqiqiy kushandasini yarata oldik. Bu biz koronavirusga qarshi kurashda yetakchi o'rinlarni egallab turganimizni ko'rsatadi…

Hozirgi paytgacha kompaniya shunday niqoblarni millionlab nusxalarda ishlab chiqarishga ulgurdi. Ular Isroil sog'liqni saqlash vazirligiga xuddi shu niqoblarni o'z bahosida sotib olishni taklif qilishdi. Vaholanki, ayni kunlarda dunyo bo'yicha oddiy tibbiyot niqoblarining narxi ham bir necha o'n barobar qimmatlashib ketgan.


Manba: "aniq.uz"
| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя