Главная » 2021 » Апрель » 17 » Issiq kunlardan so‘ng O‘zbekistonga yana sovuq va nam havo kirib keladi
15:38

Issiq kunlardan so‘ng O‘zbekistonga yana sovuq va nam havo kirib keladi


Respublika Gidrometeorologiya markazi ertaga, 18 aprel kuni va kelgusi haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini taqdim qildi.

Ertaga Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-14, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-14, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 12-17, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘oldi va tog‘li tumanlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 2000 metrdan baland bo‘lgan tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 4-9, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

20 apreldan O‘zbekiston hududiga shimoliy-g‘arbiy oqim bilan Rossiya hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 20-21 aprelda ko‘pgina viloyatlarda (respublikaning shimolidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shamolning kuchayishi kutilmoqda. Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat 10-12 darajagacha pasayadi.

O‘zgidromet bahor havosi o‘zgaruvchanligini, bahorda sinoptik jarayonlar juda tez-tez o‘zgarib turishini ham qo‘shimcha qilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: nam, sovuq, havo, O‘zbekistonga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя