Главная » 2021 » Август » 23 » Issiq ob-havo davom etadi(mi)? Haftalik ma’lumot e’lon qilindi
12:36

Issiq ob-havo davom etadi(mi)? Haftalik ma’lumot e’lon qilindi


Gidrometeorologiya xizmati boshlangan hafta uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Odatda, ob-havo sharoitiga ko‘ra avgust oyi O‘zbekistonda yilning eng barqaror vaqti hisoblanadi. Ushbu davrda yog‘ingarchilik juda kam yog‘adi va u juda kuchsiz bo‘ladi. Ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, respublika hududining katta qismida oylik yog‘ingarchilik me’yori va avgust oyida yog‘ingarchilik bo‘lgan kunlar soni iyul oyiga nisbatan kamroqdir.

Shunday qilib, ushbu haftada O‘zbekiston hududida avgust oyining oxirgi o‘n kunligiga xos bo‘lgan asosan kam bulutli issiq ob-havo, kuchsiz, ba’zi joylarda esadigan shamollar ustunlik qiladi.

Bu hafta davomida tog‘li hududlarda asosan tinch ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23-24-avgust kunlari tog‘ va tog‘ oldi hududlarda momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘ishi mumkin.

Haftaning birinchi yarmida respublika hududida me’yordan 2-3° ga yuqori bo‘lgan issiq ob-havo saqlanib turadi va faqat haftaning ikkinchi yarmida harorat foni asta-sekin pasayishni boshlaydi. Hafta davomida harorat kechalari 17-22°, kunduz kunlari 23-26 avgustda 33-38°, 27-28-avgustda 31-36° atrofida bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
| Теги: haftalik, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя