Главная » 2020 » Сентябрь » 20 » Istanbuldagi mehmonxona derazasidan tushib ketib, halok bo‘lgan sayyoh futbolchi bo‘lib chiqdi
18:11

Istanbuldagi mehmonxona derazasidan tushib ketib, halok bo‘lgan sayyoh futbolchi bo‘lib chiqdi


Istanbuldagi mehmonxonaning yettinchi qavatidan tushib ketib halok bo‘lgan britaniyalik sayyoh shotlandiyalik futbolchi Entoni Makdouell ekanligi aniqlandi. Bu haqda «Metro» xabar bergan.

28 yoshli sportchi do‘sti bilan birga Turkiyada hordiq chiqarayotgan bo‘lishgan. U 15-sentyabr kuni Istanbulga yetib kelgan. Keyingi kuni Makdouell derazadan tushib ketgan va voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

Makdouellning sobiq «Sautsayd Yunayted» jamoasi sportchining o‘limiga munosabat bildirdi.

«Entoni jamoada muhim rol o‘ynagan. U ajoyib o‘yinchi va, eng muhimi, yaxshi inson edi», — deyiladi klub bayonotida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tushib ketib, futbolchi, halok bo‘lgan, Istanbuldagi, sayyoh, derazasidan, bo‘lib chiqdi, MEHMONXONA | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя