Главная » 2018 » Февраль » 21 » ISTANBULLIK KELIN TURK SERIALI HAQIDA BATAFSIL 2018
20:24

ISTANBULLIK KELIN TURK SERIALI HAQIDA BATAFSIL 2018


Serialning qisqacha mazmuni

“O3 Tyrkey Media” kinokompaniyasi butundunyo teletomoshabinlariga “Istanbullik kelin” serialini namoyish etdi, unda bosh rollarni O‘zjan Denez, Asli Enver, Zeynp Gersay, Fakux Bor, Usmon Boron, Hoqon Altiner va boshqalar ijro qilishgan. Ko‘p qismli serialning rejissyorlari Zeynep Gyunay va Deniz Koloslardir, ssenariy muallifi esa Ali Aydin.

Serial syujeti Sureyya va Farukning sevgi hikoyasi atrofida aylanadi. Ushbu turk serialining asosiy qahramoni go‘zal va oqila Sureyya ota-onasiz o‘sgan, hayotning barcha muammolarini bartaraf etgan, u mag‘rur, mehribon va chiroyli qiz. Faqatgina xolasi unga bolaligidan yordam berib kelgan va uni o‘z qaramog‘iga olgan. O‘z orzulari sari intilar ekan, u musiqaga qiziqib qoladi. Shundan keyin butkul musiqa olamiga sho‘ng‘ib ketadi. Konservatoriyaga o‘qishga kirishni uddalay olgan qahramonimiz o‘quv dargohini a’lo baholarga tugatadi. Shundan so‘ng u o‘z qiziqishlarini kasbga aylantiradi. U hayoti musiqa bilan chambarchas bo‘lishini hamisha orzu qilgan. Bir qancha vaqtdan so‘ng u Faruk ismli vazmin ishbilarmon bilan tanishib qoladi. Bir-birini ko‘rgan yoshlar ilk nigohdayoq muhabbat domiga tushadilar... Shundan so‘ng sevishganlar uchrashib yurishadi. Va nihoyat to‘y qilishadi. Farukning oilasi Bursada yashagani uchun to‘ydan so‘ng o‘sha yerda yashashadi.


Manba: "tarona.tv"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Istanbullik kelin | Рейтинг: 5.0/1

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя