Главная » 2020 » Март » 9 » Italiya koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi
08:50

Italiya koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi


Yakshanba kuni Italiyada vafot etganlar soni keskin – 366 kishiga oshdi (7,3 ming bemorning 4,96 foizi).

Italiya koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi, bu yerda har 20-bemor vafot etmoqda, deb yozmoqda RIA Novosti.

Yakshanba kuni Italiyada vafot etganlar soni keskin – 366 kishiga oshdi (7,3 ming bemorning 4,96 foizi).

O‘lim holatlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Xitoy (3,83 foiz), uchinchi o‘rinda Eron (2,96 foiz) bormoqda.

Koronavirus tarqalgan  mamlakatlar orasida eng kam o‘lim holati Janubiy Koreyada qayd etilgan. Bu yerda kasallanganlarning 0,68 foizi vafot etgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 80 ming nafardan oshgan, 3097 kishi vafot etgan. Dunyo bo‘yicha esa kasallik yuqtirganlar 106 128 nafarga yetgan.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя