Главная » 2020 » Июнь » 15 » Italiyada koronavirusga qarshi vaksina narxi ma'lum qilindi
22:53

Italiyada koronavirusga qarshi vaksina narxi ma'lum qilindi


Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi vaksina bepul tarqatilishini, uni birinchi navbatda xavf guruhiga kiruvchi odamlar olishini ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, bunday vaksinaning bir dozasi tannarxi 2,5 yevroni tashkil qiladi.   

Koronavirusdan vaksina yaratish uchun tashkil etilgan alyans (Inclusive Vaccine Alliance, IVA) tarkibiga kirgan Italiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya vaksinani ishlab chiqayotgan AstraZeneca kompaniyasiga 300 mln doza vaksina uchun 750 mln yevro to‘laydi. Shu tariqa Oksfordda joylashgan kompaniya yaratadigan AZD1222 deb nomlangan vaksinaning narxi 2,5 yevroni tashkil qiladi.   

“Vaksina koronavirus muammosini batamom hal qilishning yagona yo‘lidir. U men uchun oz kishilar emas, balki barcha oladigan global ijtimoiy boylik bo‘lib qoladi”, deb aytgan Italiya sog‘liqni saqlash vaziri Roberto Speransa.

IVA ishtirokchilarining AstraZeneca bilan vaksina yetkazish bo‘yicha shartnomani imzolashi 13 iyunda e'lon qilingan. Shartnomaga ko‘ra, vaksina xaridorlarga 2020 yil oxirida taqdim qilinishi mumkin.

AstraZeneca’da ma'lum qilinishicha, AZD1222 vaksinasi 320 nafar odamda sinalgan va sinovlar davomida u yaxshi o‘zlashtirilishi isbotlangan. Biroq bunda tana harorati oshishi, bosh og‘rig‘i, oyoq-qo‘llarning og‘rishi yoki ORVI alomatlari kabi qisqa muddatli ikkilamchi ta'sirlar kuzatilishi mumkin. 

Kompaniyada va'da berilishicha, vaksina bilan emlash koronavirusga chalinishga olib kelmaydi, inson immun tizimi koronavirus chaqiruvchi kasallikka qarshi kurasha olishi uchun bir emlash yetarli bo‘ladi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: narxi ma'lum qilindi, Italiyada, koronavirusga qarshi vaksina | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя