Главная » 2020 » Январь » 24 » Italiyadagi shaharlardan birida uylar bir yevrodan sotilmoqda
08:01

Italiyadagi shaharlardan birida uylar bir yevrodan sotilmoqda


Italiyaning Neapol shahridan ikki soatlik masofada joylashgan Bizachcha shahrida uylar bir yevrodan sotilmoqda, deb yozadi The Sun gazetasi.

Bizachcha shahri meriyasi shaharni qayta tiklashga harakat qilmoqda. Shahar zilzilalardan zarar ko‘rgan bo‘lib, aholining aksariyati bu yerni tark etgan. Ko‘plab binolar bo‘shab qolgan. Meriya 90ta uyni sotuvga qo‘ydi.

Ko‘chmas mulk sotib olishni istagan xaridor uni rekonstruksiya qilish majburiyatini oladi. Bunda unga vaqt borasida cheklov qo‘yilmagan, shuningdek, minimal xarajat miqdori ham belgilanmagan.

Shahar meri o‘rinbosari Franchesko Tartalya bu odamlarning Bizachchaga kelishlariga yordam berishiga umid qilmoqda. Uylar sobiq egalari emas, meriya tasarrufida ekanligi shartnoma tuzishni yanada osonlashtiradi.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя