Главная » 2020 » Апрель » 1 » Italiyaning Ferrara shahrida yashovchilarda koronavirusga qarshi immunitet aniqlandi
14:10

Italiyaning Ferrara shahrida yashovchilarda koronavirusga qarshi immunitet aniqlandi


Italiyaning Ferrara shahrida yashovchilar COVID-19 ga qarshi immunitetga ega ekanligi aniqlandi. Bu haqda "La Nuova Ferrara" nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Emiliya-Romana viloyati Italiyada eng ko‘p koronavirus aniqlangan viloyatlardan biri hisoblanadi. Lekin ushbu viloyatda joylashgan Ferrara shahrida koronavirusga chalinganlar juda kam sonni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, butun viloyatda 14 mingdan ortiq odam kasallangan. Ferrarada esa faqatgina 307 ta holat qayd etilgan.

Fuqarolik mudofaasi bo‘yicha komissar Serjio Venturaning ta’kidlashicha, bu shahar retsessiv tarzda meros qilib olingan talassemiya kasalligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu kasallik gendagi nuqsonlar bilan bog‘liq hisoblanadi. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirus bilan bog‘liq 105 792 ta holat aniqlandi. Kasallanganlarning 12 428  nafari vafot etddi, 15 729 nafari esa sog‘aydi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя