Главная » 2020 » Февраль » 23 » Ivanka Trampning hijob o‘ragani bahslarga sabab bo‘ldi
13:55

Ivanka Trampning hijob o‘ragani bahslarga sabab bo‘ldi


Etiboringizga hafta davomida ro‘y bergan eng muhim 7 hodisa havola etilmoqda.

1. Huquq-tartibot idoralari vakillari jinoyat joyini ko‘zdan kechirmoqda. 19 fevral kuni Germaniyaning Hanau shahrida yashovchi Tobias ismli shaxs chilimxonalarga bostirib kirib, odamlarni o‘qqa tutdi. Oqibatda xorijlik 11 kishi halok bo‘ldi. Gumonlanuvchi shaxs keyinroq uyidan o‘lik holda topildi. Mazkur hujum irqchilik asosida sodir etilgan terakt deb baholanmoqda.

 

2. Suriyaning Idlib shahri yaqinidagi qochqinlar lageri. Bashar Asad hamda uning ittifoqchilari uyushtirgan hujumlar tufayli uyini tark etgan oilalar omonat chodirlarda jon saqlamoqda. Bolalarning hatto tabassumi ham qayg‘u ila qorishib ketgan. 

 

3.AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga safari davomida Abu Dabi shahridagi Shayx Zayd nomli masjidda ham bo‘ldi. Yahudiy diniga e’tiqod qiluvchi Ivankaning hijob o‘ragani va masjidni ziyorat qilgani ijtimoiy tarmoqlarda bahslarga sabab bo‘ldi. 

 

4.Turkiyaning Elyazig shahrida ro‘y bergan kuchli zilzila jabrdiydalari uchun vaqtinchalik boshpanalar qurish ishlari jadal davom etmoqda. 6,8 balli zilzila payti minglab oila uy-joyidan mosuvo bo‘lgan edi. 

 

5.Qirg‘izistonning Norin viloyatida uyushtirilgan ko‘k bo‘ri – an’anaviy ot sporti musobaqasida qatnashgan chavandoz favqulodda matonat ko‘rsatdi. 

 

6. Hammol rastaga tarvuz tushirgach hordiq chiqarmoqda. Haydarobod, Hindiston.

 

7. AQShning Florida shtatida tashkil etilgan poyga ishtirokchisi Rayan Nyuman Ford Mustang avtomobilida halokatga uchradi. Umridan bor ekan, 42 yoshli sportchi mo‘’jiza tufayli tirik qoldi. 

 

Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя