Главная » 2017 » Август » 27 » Jahon chempionati. Bugun o‘zbekistonlik 5 nafar bokschi ringga chiqadi
12:42

Jahon chempionati. Bugun o‘zbekistonlik 5 nafar bokschi ringga chiqadi


Bugun, 27 avgust kuni Germaniyaning Hamburg shahrida boks dunyosining 2017 yilgi eng nufuzli musobaqasida uchinchi kun janglari bo‘lib o‘tadi. Bugungi janglarda O‘zbekiston terma jamoasining yana 5 nafar vakili ringga chiqadi. Barcha bahslar UzReport telekanali tomonidan translyatsiya qilinadi.

-56 kg: Murodjon Ahmadaliev (O‘zbekiston) - Qayrat Yeraliev (Qozog‘iston) (soat 18:25dan so‘ng)

-64 kg: Iqboljon Xoldorov (O‘zbekiston) - Jon Guterres (Kolumbiya) (soat 18:50 dan so‘ng)

-91 kg: Sanjar Tursunov (O‘zbekiston) – Yara Peralta (Argentina) (soat 20:30dan so‘ng)

-49 kg: Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston) - Robinson Rodriges (Kosta Rika) (soat 22:10dan so‘ng)

-75 kg: Isroil Madrimov (O‘zbekiston) - Aziz Ochilov (Turkmaniston) (soat 23:30 dan so‘ng).

Musobaqaning birinchi va ikkinchi kunlarida ikki o‘zbekistonlik birinchi janglarini o‘tkazdi. Dastlab 25 avgust kuni -91 kilogramm vazn toifasidagi Sanjar Tursunov nikaragualik Jeffri Gonsalesga qarshi ringga ko‘tarildi va 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi. U ishtirokini 1-bosqichdan boshlagandi.

26 avgust kuni esa -52 vazn toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan holda Germaniyaga kelgan Jasurbek Latipov Puerto-Riko vakili Yankiel Riverani 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: nafar, o‘zbekistonlik, ringga, chiqadi, Bugun, bokschi, Jahon chempionati. | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя