Главная » 2020 » Февраль » 25 » Jahonda ilk davlat koronavirus ustidan to‘liq g‘olib keldi
20:40

Jahonda ilk davlat koronavirus ustidan to‘liq g‘olib keldi


Fransiyada koronavirusga chalingan barcha bemorlar undan shifo topdi. Bu haqida mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Olive Veran ma’lum qilgan. 

Uning xabar berishicha, mamlakatda 12 ta koronavirusga chalinish holati qayd etilgan edi, hozir Fransiyada virusga chalinganlar yo‘q.

“Fransiya hududida virusga chalinish holatiham, tarqalish holati ham endi yo‘q. Lion shahridagi shifoxonaga yotqizilgan so‘nggi bemor ham davolanib chiqdi. Unda endi virus alomatlari yo‘q, shu sabab bemorga uyiga ketishga ruxsat berildi”, deb vazirning so‘zlarini keltirgan BFMTV. 

Qo‘shni Italiyada esa vaziyat borgan sari murakkablashib bormoqda. Mamlakatda 200 dan ortiq kishi koronavirusga chalindi, 6 kishi nobud bo‘ldi. Kasallik yanada tarqalishi xavfi tufayli aholi oziq-ovqat va tibbiy niqoblarni ommaviy sotib olishni boshlagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя