Главная » 2020 » Август » 9 » Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zidan avvalgi hokimni jazoga tortdi
09:22

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zidan avvalgi hokimni jazoga tortdi


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning qator tumanlari rahbarlarini intizomiy jazoga tortdi.

Bugun (8-avgust) imzolangan farmoyishga (№113-f) ko‘ra, pandemiya davrida aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilayotgani hamda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Mirzo Ulug‘bek  (Sh. Irgashev), Uchtepa (F. Abdullayev), Chilonzor (S. Mahametov), Yashnobod (X. Tillashayxov)  tumanlari hokimlariga «xayfsan» berildi.

Intizomiy jazoga tortilganlar orasida poytaxtning sobiq hokimi, hozirda Yunusobod tumani hokimi vazifasini ado etayotgan  R. Usmonov ham bor.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: jazoga tortdi, hokimni, Jahongir Ortiqxo‘jayev, o‘zidan avvalgi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя