Главная » 2021 » Сентябрь » 21 » Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning uchta tumani hokimiga «hayfsan» berdi
18:17

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentning uchta tumani hokimiga «hayfsan» berdi


Poytaxtdagi uchta tumanning hokimlariga «hayfsan» berildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tegishli farmoyishi 16-sentyabr kuni qabul qilingan. Bu haqda E-Qaror portalida e’lon qilingan farmoyishga tayanib «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

Hujjatga ko‘ra, Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashevga, Yunusobod tumani hokimi Jahongir Ibrohimovga va Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamovga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Ushbu hokimlarga «hayfsan» berilishining sababi 2021 yilning birinchi yarim yilligida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘yganliklari ekanligi ko‘rsatilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining yuqoridagi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyun oylarida Yunusobod, Yangi Hayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida fizik hajm indeksi keskin pasaygan.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning avgust oyida Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Shavkatbek Irgashev, Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayev, Chilonzor tumani hokimi Sarvar Maxametov, Yunusobod tumani hokimi Rahmonbek Usmonov va Yashnobod tumani hokimi Xojiakbar Tillashayxovlarga nisbatan «hayfsan» intizomiy chorasi qo‘llanilgan edi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hokimiga, hayfsan, Jahongir Ortiqxo‘jayev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя