Главная » 2020 » Декабрь » 9 » Jahongir Ortiqxo‘jayev yana bir lavozimni egalladi
20:20

Jahongir Ortiqxo‘jayev yana bir lavozimni egalladi


Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali ochilish marosimida Adliya, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etishgan.

«Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shug‘ullanib kelayotganlarni tabrikladi», deyiladi xabarda.

Shahar hokimi hozirda yogani aholi orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlarga to‘xtalib, «2020-2024-yillarda Yoga federatsiyasini rivojlantirish dasturi» tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: egalladi, lavozimni, Jahongir Ortiqxo‘jayev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя