Главная » 2020 » Декабрь » 25 » Jahongir Otajonov Turkiya prezidenti unga o‘g‘lining omonat gapini yetkazganini ma’lum qildi
21:42

Jahongir Otajonov Turkiya prezidenti unga o‘g‘lining omonat gapini yetkazganini ma’lum qildi


Musiqa olamini tark etgan Jahongir Otajonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Suhbat davomida Jahongir Otajonov prezidentlar bilan unutilmas uchrashuv haqida gapirib berdi.

Turkiya prezidenti yurtimizga tashrif buyurganida “O‘zbekkonsert” meni qidirib qoldi. Zotan meni davlat tadbirlariga taklif qilishmasdi. Hayron bo‘ldim. Biz o‘shanda Buxoroda xizmatda edik.

O‘sha paytda “O‘zbekkonsert” rahbari Odil Abduqahhorov edi. “Buxoroda bo‘lib turing”, deyishdi. Samarqandga kelgandim, tadbir uchun yana Buxoroga qaytdim. Bilasiz, qulayroq kiyimlar kiyaman. Meni mehmonxonada kutib olishib, kostyum-shim, tufli ham olib berishdi.

Sahnaga chiqdim, qo‘shiq aytdim. Turkiya Prezidenti bilan qo‘l berib ko‘rishdim, baland bo‘yli odam ekan. Oldimga kelib, ikki minutcha ko‘rishib qolib ketdi. Ikki minut unaqa holatda juda ko‘p. Orqasida bizning davlat rahbari turibdi, men “Prezidentimiz kutib qolmadimikin”, deb xijolat bo‘ldim. Chunki hayotimda birinchi marta Prezident degan shaxs bilan yonma-yon turishim edi. Baribir odamda hayajon bo‘ladi.

Erdo‘g‘on menga: “Jahongir senmisan? O‘g‘lim Amerikada o‘qigan, sening qo‘shiqlaringni sevadi. U senga salom yo‘lladi”, dedi.

O‘g‘li Amerikada 2000-yillarda o‘qib yurganida “Arazlamang” qo‘shig‘imni qayerdadir eshitib qolgan va unga yoqqan ekan. U vaqtlarda internet bormidi, yo‘qmidi, bilmadim. Bu ham bir qismat. Shu o‘g‘li unga: “Menga o‘zbekistonlik xonandaning qo‘shig‘i yoqadi”, deganida, balki, bu meni tasavvurimda, o‘g‘lining omonat gapini yetkazish uchun Prezidentimizdan meni so‘ragan bo‘lsalar, meni ham chaqirtirishgan bo‘lishi mumkin.

Xullas, u shu gaplarni menga aytib, rahmat aytib o‘tdi. Keyin o‘zimizning davlat rahbarimiz bilan ko‘rishdik. U kishiga “Alloh xayrli qilsin ishlaringizni”, dedim, ular ham “rahmat ukajon”, deb kulib o‘tib ketdilar.

Juda qiziq bo‘lgan. Soqolim o‘sgan, hech kimga soqol mumkin emasdi, o‘sha kuni menga mumkin bo‘lgan. Hech kim indamadi. Prezidentlar bilan ko‘rishish nasib qildi.

Jahongir Otajonov

Ma’lumot uchun, Jahongir Otajonovning so‘nggi ikki yil ichida “Qaddi baland”, “Jonim”, “Jingalamo”, “O‘ynasin” kabi video kliplari muxlislar orasida juda ommalashgan edi. Ushbu video kliplar Youtube tarmog‘ida umumiy hisobda 60 million marotaba tomosha qilingan edi. Jahongir Otajonov musiqa olamini tark etgandan so‘ng Youtube’dagi barcha konsert va videokliplarini o‘chirib tashladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Jahongir Otajonov, gapini, Prezidenti, Turkiya, omonat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя