Главная » 2017 » Август » 23 » Jahonning eng yaxshi komedik filmi nomi e’lon qilindi
13:38

Jahonning eng yaxshi komedik filmi nomi e’lon qilindi


Billi Uaylderning “Jazda faqat qizlar” filmi kinotanqidchilar nazdida hamma zamon uchun eng yaxshi komediya deb topildi.

1959 yilda suratga olingan filmda Merilin Monro, Toni Kertis va Jek Lemmonlar suratga tushgan. Unda gangsterlardan yashirinib, ayollar qiyofasiga kirgan musiqachilar haqida hikoya qilinadi.

Ikkinchi o‘rinni esa, Stenli Kubrikaning “Doktor Streyndjlav yoki qanday qilib men tashvishlanmaslikni o‘rgandim va atom bombasini sevib qoldim” filmi, uchinchi o‘rinni Vudi Allenaning “Enni Xoll” filmi egalladi.

Reyting 52 mamlakatning 253 nafar kinotanqidchilari fikrlari asosida tuzildi.

Nigina Hakimova

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: jahonning, komedik, eng yaxshi, filmi, nomi e’lon qilindi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя