17:36 Jamoat joylarda alkogol ichgan 120 mingga yaqin o‘zbekistonlik 3 milliarddan ortiq jarima to‘ladi | |
Jumladan, jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilgan 119 526 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganliklari uchun ma’muriy jazo qo‘llandi. Shuningdek, 4 411 nafar shaxs bir yil davomida takroran jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilganligi aniqlanib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasi 2-qismiga asosan sud organlari tomonidan qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlandi. Jumladan, joriy yil 15-dekabr kuni Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaro Jahongir Ortiqov yil davomida jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi, ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, qarshilik ko‘rsatib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi, 187-moddasi 2-qismi va 194-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, Yakkasaroy tuman sudi tomonidan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jamoat joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilish huquqbuzarligini sodir etgan 119 526 nafar shaxsga nisbatan 3 milliard 84 million 634 ming so‘m miqdorida jarima solinib, davlat foydasiga undirilgan.
Manba: "daryo.uz"
| |
|