Главная » 2018 » Апрель » 5 » Яна коллеж! Яна пичоқбозлик!
23:18

Яна коллеж! Яна пичоқбозлик!


Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi Sanoat kasb-hunar kollejida farrosh qorovulni pichoqladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

4 aprel kuni soat 14.00 larda Sanoat kasb-hunar kolleji farroshi, 27 yoshli K.Nurmatova kollej hududida ta’lim maskani qorovuli, 30 yoshli A.Boboyev bilan janjallashib qolgan.

Janjal oqibatida K.Nurmatova A.Boboyevning ko‘kragiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

Hozirda A.Boboyev kasalxonaga yotqizilgan, K.Nurmatova esa ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent yuridik kolleji o‘quvchilari dars vaqtida kollej hovlisida o‘zaro janjallashib, pichoqbozlik qilishi oqibatida ularning biri vafot etgani ko‘pchilikning qalbini larzaga solgan va mazkur voqeaga Prezident Shavkat Mirziyoev ham munosabatbildirgan edi.

Firdavs BEK


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kollej, pichoq, Qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя