Главная » 2021 » Январь » 24 » “Jangga faqat u loyiq”. Mendes Habib kim bilan jang qilmoqchiligini aytdi
14:07

“Jangga faqat u loyiq”. Mendes Habib kim bilan jang qilmoqchiligini aytdi


Habib Nurmuhamedovni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan yagona jang – bu kanadalik Jorj Sen-Perga qarshi jang. Bu fikrni TASSga yengil vazn toifasida UFC chempionining murabbiyi Xaver Mendes aytib o‘tdi.

Bugun, 24 yanvar kuni UFC 257 musobaqasining asosiy musobaqasida amerikalik Dastin Puare irlandiyalik Konor Makgregorni ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Avvalroq, 2020 yil oktyabr oyida yengil vazn toifasidagi yana bir kamar himoyasidan so‘ng  faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan Nurmuhamedov janglarga qaytishi mumkinligini tan oldi.

“Habib qaytish haqida o‘ylashi mumkin bo‘lgan yagona jang – bu Sen-Perga qarshi jang”. Agar Jorj qaytishga qaror qilsa, bu juda katta jang bo‘ladi. Habibning qolgan janglari esa, ehtimoldan yiroq”, deydi Mendes.

Ma’lumot uchun, kanadalik Jorj Sen-Per 39 yoshda va u 2019 yil faoliyatini yakunlagan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: Habib, Jang, mendes | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя