Главная » 2021 » Июнь » 9 » Janubiy Afrika Respublikasida ayol biryo‘la o‘n farzandni dunyoga keltirdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi
10:42

Janubiy Afrika Respublikasida ayol biryo‘la o‘n farzandni dunyoga keltirdi. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi


Janubiy Afrika Respublikasining Gauteng provinsiyasida yashovchi Gosiame Tamara Sitole ismli ayol biryo‘la o‘nta chaqaloqni dunyoga keltirdi, deb yozadi “RBK” mahalliy IOL nashriga tayanib.

37 yoshli ayolda homilaning sakkizinchi oyida tulg‘oq boshlandi. Bolalar orasida yetti nafari o‘g‘il, uch nafari qizdir. Avvalroq shifokorlar ayolga sakkiz egizak tug‘ilishini aytgandi.

Sitolening turmush o‘rtog‘i nashrga ma’lum qilishicha, ayoli unga UTT (ultratovushli tekshiruv) natijalarini ko‘rsatganida, bunga ishonolmagan. Bu tibbiy nuqtayi nazardan imkonsiz deb hisoblagan.

Hozircha rekord rasman qayd etilgani yo‘q. Ayni paytda bir vaqtda eng ko‘p farzand ko‘rish bo‘yicha rekord amerikalik ayolga tegishli. 2009-yil yanvarida Nadya Sulaymon Kaliforniyadagi kasalxonada sakkiz bola — olti o‘g‘il va ikki qizni dunyoga keltirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, may oyining boshida Afrikaning Mali davlatida yashovchi ayol biryo‘la to‘qqizta farzand dunyoga keltirgan edi.

2020-yilning may oyida Fransiyada 30 yil ichida ilk bora olti egizak: besh qiz va bir nafar o‘g‘il bola dunyoga kelgan edi. Undan avval  Polshada birinchi marta olti egizak dunyoga kelgan. Egizaklar — to‘rt qiz va ikki o‘g‘il 20-may kuni Krakov universiteti kasalxonasida tug‘ilgandi.


Manba: "daryo.uz"
| Теги: Ayol, Respublikasida, Janubiy Afrika, farzandni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя