Главная » 2017 » Сентябрь » 4 » Janubiy Koreya JCh—2018 hal qiluvchi saralashining safar o‘yinlarida umuman g‘olib chiqmagan
19:02

Janubiy Koreya JCh—2018 hal qiluvchi saralashining safar o‘yinlarida umuman g‘olib chiqmagan


5-sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan o‘ynaydigan Janubiy Koreya termasi JCh—2018 saralashining hal qiluvchi bosqichida 2-o‘rinni egallab turibdi. O‘yinlar jadvalida nazar solinsa, koreyaliklar safarda o‘tgan birorta uchrashuvda zafar quchmaganini ko‘rish mumkin. “Osiyo yo‘lbarslari” faqatgina Suriyaga qarshi o‘yinda 1 ochko ishlab olgan — 0:0. Qayd etish kerak, Suriya o‘zining uy uchrashuvlarini Malayziyada o‘tkazib kelmoqda.

Qolgan safar bellashuvlari koreyaliklarning mag‘lubiyati bilan yakun topdi — Eron 0:1, Xitoy 0:1, Janubiy Koreya 2:3. Aynan Dohadagi mag‘lubiyatdan keyin bosh murabbiy Uli Shtilike iste’foga chiqarildi.

Koreyaliklar o‘zining so‘nggi safar o‘yinini Toshkentda O‘zbekistonga qarshi o‘tkazadi. Ularda yana bir bor ochko yo‘qotib ham, JCh uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiptaga ega chiqish imkoniyati bor.

O‘zbekiston terma jamoasi saralashning 5 ta uchrashuvida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, bosh murabbiy iste’foga chiqarilmagan.

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: saralashining, g‘olib, qiluvchi, chiqmagan, safar, Koreya JCh—2018 hal, umuman, o‘yinlarida, Janubiy | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя