Главная » 2020 » Февраль » 24 » Janubiy Koreyada koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘paymoqda. Xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilindi
08:53

Janubiy Koreyada koronavirusdan kasallanish holatlari ko‘paymoqda. Xavflilikning eng yuqori darajasi e'lon qilindi


Janubiy Koreyada bir kun ichida koronavirusdan 161 ta yangi kasallanish holati qayd etilib, umumiy kasallanganlar soni 763 nafarga yetdi, 7 nafar bemor vafot etgan.

Virus jadal tarqalayotgani sababli Janubiy Koreya hukumati mamlakatda xavflilikning eng yuqori “qizil” darajasini joriy qilishga qaror qildi. Bunday qaror mamlakatda o‘n yildan ko‘proq vaqt ichida ilk bor qabul qilindi, deb xabar berdi Yonhap axborot agentligi. 

Shuningdek, hukumat virus tarqalishining oldini olish maqsadida 2 mart kuni yakunlanishi kerak bo‘lgan maktab ta'tillarini uzaytirishga qaror qilgan. 

Ma'lum qilinishicha, 131 ta yangi kasallanish holati Tegu shahrida, 10 ta Kyongido viloyatida, 11 ta Kyonsan-Puktoda, qolganlari esa mamlakatning qolgan hududlarida qayd etilgan. Jumladan, kasallanganlardan 129 kishi Tegudagi Sinchxonchji diniy sektasi bilan bog‘langan. Aynan shu oqimga a'zo 61 yoshli ayol sektaning Tegudagi ibodatxonaga kelgan boshqa a'zolari orasida virus tarqalishiga sababchi bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat idoralari ushbu sektaning 9336 nafar a'zosini uy karantiniga joylashtirgan, ulardan 1276 nafarida virus alomatlari paydo bo‘lmoqda, yana 604 kishi bilan bog‘lanib bo‘lmagan. Ayni vaqtda ushbu sekta bilan Janubiy Koreyadagi kasallanish holatlarining 458 tasi bog‘langan.   


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя