Главная » 2017 » Май » 3 » Javohir Zokirov: “Hozirgi kundagi konsertlarga borgim kelmaydi”
15:44

Javohir Zokirov: “Hozirgi kundagi konsertlarga borgim kelmaydi”


Aktyor Javohir Zokirov “Darakchi” gazetasiga intervyu berdi.

Aktyor intervyu jarayonida hozirgi kundagi konsertlarga deyarli bormasligini ma’lum qildi.

“2001 yil “Istiqlol” san’at saroyi­da yakkaxon konsert dasturimni taqdim etganman. Fonogrammada kuylagandim, o‘shanda. Konsert yakuniga yetguncha, o‘zim ham tamom bo‘lay degandim. Sahnaga chiqib yolg‘ondan, o‘zimni xuddi qo‘shiq kuylayotgandek tutganimni hazm qilolmay, vijdonim qiynalgan. Chunki aslida, fonogrammani jinim suymaydi. Shu sabab ham bugungi konsertlarga bormayman. Mayli, mini-diskni qo‘yib, kuylashsin, kimdir buni o‘ziga ep ko‘rar, lekin shunga yarasha chiptalar narxini 5-6 barobarga arzonlashtirishsin. Axir, fonogramma tomoshasi uchun yuz ming so‘mlab pul to‘lash noto‘g‘ri-ku? Bunday xonandalarga faqat insof so‘rayman...”,—deydi Javohir Zokirov.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Konsert, Javohir Zokirov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя