Главная » 2020 » Февраль » 9 » Jeki Chan virusga qarshi dori topganga mo‘maygina pul va’da qildi
08:48

Jeki Chan virusga qarshi dori topganga mo‘maygina pul va’da qildi


Mashhur aktyor, kaskadyor Jeki Chan kimki koronavirusga qarshi dori o‘ylab topsa, unga million yuan (143 ming dollar atrofida) berishini ma’lum qildi. Bu haqda “Biznes Online” xabar bermoqda.

Aktyor bu haqda Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan. 

“Bu narsa qo‘limdan kelar ekan epidemiyaga qarshi kurashishda yordam beraveraman. Mamlakatda xaos bo‘lishini istamayman. Men hamma narsaga tayyorman. Epidemiyani yengib o‘tish, ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. O‘ylashimcha, xuddi men singari, barcha shunday fikrda. Bemor vatandoshlar hayotini saqlab qolish uchun imkon qadar tezroq maxsus dori-darmonlarni ishlab chiqamiz, degan umiddaman”, deydi Chan.  

U hozirda niqob va himoya kiyimlarini ommaga tarqatish bilan bandligini tan oldi. Shu bilan birga Chan ushbu materiallarni Xitoyga yetkazib beruvchi yangi hamkorlarni qidirmoqda.

“Iltimos, meni to‘g‘ri tushuning. Taklif qilgan summam katta pul emas. Lekin men gullab-yashnashi lozim bo‘lgan ko‘chalar o‘rniga fayzsiz va kimsasiz ko‘chalarni ko‘rishni istamayman. Men Xitoy fuqarolari qat’iyat bilan olg‘a yurishlarini istayman!”, deb ta’kidlagan Jeki Chan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя