Главная » 2021 » Февраль » 5 » “Jenoa” sardori: “Eldor Shomurodov meni hayratda qoldirdi”
18:24

“Jenoa” sardori: “Eldor Shomurodov meni hayratda qoldirdi”


“Jenoa” yarim himoyachisi Domeniko Krishito jamoa hujumchisi Eldor Shomurodovning o‘yini va A Seriyaga moslashuv jarayoni haqida gapirdi.

U juda ajoyib. Avvaliga u uyatchan yigit bo‘lib tuyuldi, ammo tezda sovuqqonlik namoyish etib, asosiy tarkibda o‘z o‘rniga ega bo‘la oldi. Shomurodov ham o‘yin jihatdan, ham maydon tashqarisidagi harakatlari bilan meni hayratda qoldirdi. U kuchli va jamoa uchun juda foydali futbolchi, kurashlarda o‘zini ayamaydi va juda katta miqdordagi ishni bajaradi. Shu bilan birga u oz bo‘lsa-da, italyancha gapirishni boshladi. Bravo!

Domeniko Krishito, futbolchi

2020-yilning oktabr oyida “Rostov”dan “Jenoa”ga o‘tgan Eldor Shomurodov genuyaliklar tarkibida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

“Jenoa” 20-turdan keyin 21 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda, “grifonlar” keyingi tur o‘yinini 6-fevral kuni “Napoli”ga qarshi o‘tkazadi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: sardori, Jenoa, Eldor Shomurodov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя