Главная » 2017 » Июль » 18 » Jessika Alba muxlislari uchun ajoyib yangilik
17:09

Jessika Alba muxlislari uchun ajoyib yangilik


Xonanda va aktrisa Jessika Alba turmush o‘rtog‘i Kesh Uorren bilan yangi mehmon kutishyapti. 36 yoshli aktrisa shaxsiy hayotiga oid yangilik qachon keng ommaga tarqalishini kutib o‘tirmay, uchinchi farzandga homiladorligini ma’lum qildi.

Jessika Alba Instagram sahifasiga qizlari – 9 yoshli Onor hamda 6 yoshli Xevenning birinchi va ikkinchi raqamli pufak, o‘zi esa uchinchi raqamli pufakni ko‘tarib turgan rasmni joylashtirdi.

Aktrisaning muxlislari uni allaqachon yaxshi yangilik bilan qutlashmoqda. Qiziq, bu safar Albaning farzandi o‘g‘ilmi yoki yana qiz bo‘larmikan? Muxlislarni mazkur savol ham qiziqtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Kesh va Jessika 2004 yildan buyon birga hayot kechirmoqda.

Nigina Hakimova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: Jessika Alba | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя