Главная » 2018 » Апрель » 25 » Jeyms Kemeronning yangi «Terminator»i qanaqa bo‘ladi?
12:45

Jeyms Kemeronning yangi «Terminator»i qanaqa bo‘ladi?


Barchaga yaxshi tanish bo‘lgan «Terminator»ning yangi versiyasini suratga olayotgan rejissyor Jeyms Kemeron robotlar va insonlar kurashi tasvirlanadigan mazkur film avvalgilaridan qanday farq qilishini so‘zladi. Bu haqda «Gazeta.Ru» xabar qilmoqda.

«Biz terminator haqidagi yangi film ustida ishlayapmiz. Terminator bilan bog‘liq filmlar doim sun’iy intellekt haqida hikoya qiladi. Lekin men hozir bu g‘oyani 1982 yilda avvalgi «Terminator»ni ishlagan paytimdan boshqacharoq ko‘rayapman. U paytda «texnologiyalar, aqlli kompyuterlar yomon» edi. Endi esa istiqbol ancha murakkablashgan. Shunday ekan, «aqlli kompyuterlar yomon, lekin...» motiv yangi», — dedi Kemeron.

Yangi «Terminator»ning premerasi 2019 yilning 22 noyabriga belgilangan. Unda terminator obrazini aktyor Gebriel Luna gavdalantiradi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Jeyms Kemeron, qanaqa bo‘ladi, Terminator, Yangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя