Главная » 2021 » Март » 25 » «Jiddiy tahdid»: Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketa uchirdi
12:17

«Jiddiy tahdid»: Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketa uchirdi


CNN telekanali AQSh ma’muriyatidagi yuqori lavozimli amaldorga asoslanib, Shimoliy Koreya ikkita ballistik raketani uchirganini ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, bu haqda tegishli ma’lumotlar mavjud va ular AQSh razvedka hamjamiyati vakillari tomonidan o‘rganilmoqda.

Shu bilan birga, Amerika razvedkasi hali raketalarning turini, shuningdek ularning uchish masofasini aniqlamagan.

Oldinroq Yaponiya Shimoliy Koreyaning ballistik raketasini uchirishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, Yaponiya hukumati bu harakatlarni «dunyo hamjamiyati uchun jiddiy tahdid» degan fikrni bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh tomoni bir oy mobaynida KXDR bilan bog‘lanish yo‘llarini topa olmaganini bildirgandi. 


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Shimoliy Koreya, jiddiy, uchirdi, tahdid, raketa, ballistik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя