Главная » 2021 » Сентябрь » 21 » Jizzaxda 20 yoshli qiz o‘g‘irlandi
09:33

Jizzaxda 20 yoshli qiz o‘g‘irlandi


Jizzaxda noma’lum shaxs 20 yoshli qizni Spark’da o‘g‘irlab ketdi. Hozirda jinoyatchi qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Jizzax shahar “Jizzaxlik” mahallasida yashovchi fuqaro shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida shu kuni shaharning “Zargarlik” mahallasi hududida 2001 yilda tug‘ilgan qizni o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan shaxs zo‘rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketganini bildirgan va mazkur shaxsni topib, unga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Holat yuzasidan Jizzax shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi yigit qo‘lga olingan va unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Aniqlanishicha, u avval bezorilik jinoyatlarini sodir etib, jazoga tortilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Jizzaxda, Qiz, o‘g‘irlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя