Главная » 2020 » Сентябрь » 16 » Jizzaxda 6 yil oldin yo‘qolgan qizning jasadi topildi!
21:43

Jizzaxda 6 yil oldin yo‘qolgan qizning jasadi topildi!


2014 yilning 23 oktyabri. Baxmal tumani, Novqa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1996 yil tug‘ilgan qiz yashash uyidan fuqarolik pasportini olish uchun chiqib ketdi-yu qaytib kelmadi.

Shundan so‘ng qizning onasi huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qildi. Biroq, 6 yil o‘tsa-da qizning na tirigi, na o‘lgani tasdiqlanmadi.

Azaldan yozilgan haq so‘z bor – jinoyatga jazo muqarrar. Shunday ham bo‘ldi. Ya’ni Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari olingan ma’lumotlarga asosan bedarak yo‘qolgan qizning jasadi va ushbu qotillikni sodir etgan shaxsni aniqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2014 yilning 23 oktyabrida qiz Mo‘g‘ol qishloq fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1991 yil tug‘ilgan erkakning yashash uyiga kelgan va undan homilador ekanligini bildirgan. Kutilmagan ushbu gap qiz va yigit o‘rtasida janjalga sababchi bo‘ladi.

Oqibatda yigit qizning yuziga qattiq zarba berib yiqitgan. Shu atrofdagi elektr simi bilan bo‘g‘ib joniga qasb qiladi va jasadni gilamga o‘rab qurilishi tugallanmagan uyi oldiga ko‘mib yuborgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: topildi, jasadi, Jizzaxda, qizning, yo‘qolgan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя