Главная » 2021 » Август » 30 » Jizzaxda ayol uch kishi tomonidan zo‘rlandi
10:54

Jizzaxda ayol uch kishi tomonidan zo‘rlandi


Jizzaxda tungi vaqtda ko‘chda yurgan ayol uch kishi tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda “Postda” nashri xabar berdi.

Jizzax shahrining Sayiljoyi mahallasida yashovchi N.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. U murojaatida tungi soat 2:30 lar atrofida ko‘chada uni bir necha shaxs Nexia rusumli avtoulovga majburlab chiqarib, Obod mahallasi hududida zo‘rlaganini, shuningdek sumkasida bo‘lgan uyali aloqa vositasi va 100 ming so‘m pulini olib qo‘yganligini ma’lum qilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur qing‘irlik Jizzax shahrining Ko‘tarma mahallasida yashovchi J.Sh., Alisher Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi D.N., Toshloq mahallasida yashovchi J.Yu. tomonidan sodir etilgani aniqlangan. 

Ayni vaqtda ayblanuvchilar hibsga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: zo‘rlandi, Ayol, Jizzaxda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя