Главная » 2020 » Февраль » 15 » Jizzaxda bosh shifokor xodimlariga yozilgan 85 mln so‘m “premiya” pullarini ishlatib yuborgani aniqlandi
21:48

Jizzaxda bosh shifokor xodimlariga yozilgan 85 mln so‘m “premiya” pullarini ishlatib yuborgani aniqlandi


Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi boshlig‘i xodimlariga ajratilgan rag‘batlantirish mablag‘larini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Mirzacho‘l tumani “Mirzadala” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro Q.U. viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan rag‘batlantirish pullarini Mirzacho‘l tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi boshlig‘i o‘zining plastik kartasiga Click orqali o‘tkazib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborganini bildirgan.

Viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida Mirzacho‘l tumani SEOM bosh shifokori Z.A. jami 85 533 896 so‘m pullarni xodimlarga rag‘batlantirish sifatida yozib, shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя