Главная » 2022 » Ноябрь » 2 » Jizzaxda nomaʼlum hayvon go‘shtini olib ketayotgan shaxslar ushlandi
12:59

Jizzaxda nomaʼlum hayvon go‘shtini olib ketayotgan shaxslar ushlandi


Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida o‘tkazilgan reydda “ISUZU” avtomashinasi to‘xtatilganda, uning yukxonasidan nomaʼlum hayvonga tegishli jami 1,2 tonna go‘sht mahsuloti borligi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Do‘stlik tumanida joylashgan “Manas-14” yo‘l-patrul xizmati maskanida reyd o‘tkazilgan. Ushbu reyd davomida  “Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “ISUZU” to‘xtatilib, avtomashina yukxonasidan nomaʼlum hayvonga tegishli jami 1 tonna 200 kg. go‘sht mahsuloti topilgan.

O‘rganishlar natijasida ushbu go‘sht mahsuloti Samarqand viloyatidan Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketilayotgani aniqlangan.

Shuningdek, go‘sht mahsulotining isteʼmolga yaroqli yoki yaroqsizligini aniqlashtirish uchun vaqtincha muzxonaga joylashtirilgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hayvon, shaxslar, olib, ketayotgan, Jizzaxda, go‘shtini, ushlandi, nomaʼlum | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя