Главная » 2020 » Ноябрь » 6 » Jizzaxda qotillik. Turmushga chiqishni rad etgan qiz o‘ldirildi
21:25

Jizzaxda qotillik. Turmushga chiqishni rad etgan qiz o‘ldirildi


Joriy yilning 4 noyabr kuni Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida mudhish qotillik yuz berdi. Oqibatda hali o‘n gulidan bir guli ochilmagan qiz vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kuni soat 13:10 larda sevib turmush qurmoqchi bo‘lgan fuqaro S.T. (1995 y.t., sudlanmagan, ishchi), Sharof Rashidov tumani, “Yangiobod” mahallasida yashovchi M.M.ga (1996 y.t., sudlanmagan, ishchi) turmushga chiqishni taklif qiladi. Ammo M.M. unga rad javobini beradi.

Oqibatda S.T. o‘ch olish maqsadida, uning yashash xonadoniga boradi. M.M. tashqariga chiqqan vaqtida, o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘i bilan uni ko‘kragiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.     

Joriy yilning 4 noyabr kuni Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan S.T.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u ushlangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Qiz, qotillik, o‘ldirildi, rad etgan, Turmushga chiqishni, Jizzaxda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя