Главная » 2021 » Январь » 10 » Jizzaxda qulagan bino bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
18:41

Jizzaxda qulagan bino bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi


Avvalroq Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa bugun, 10 yanvar kuni saot 17:15 lar atrofida sodir bo‘lgan. Bino Jizzax shahar “Zilol” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Qurilish vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

FVV Axborot xizmatiga ko‘ra, hozirda voqea joyga viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar va tibbiyot xodimlari yetib borishib, holatni o‘rganmoqda.

Jizzax viloyat favuqlotda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari Farrux Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, foydalanishga topshirilmagan mazkur bino 6 qavatli bo‘lib, xususiy tadbirkor tomonidan ustki 4 qavati yashash uchun turarjoy, pastgi  2 qavati  noturarjoy sifatida qurilayotgan bo‘lgan.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Qurilish vazirligi xabariga ko‘ra, mutxassislar binoning qulashi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Bino, rasmiy ma’lumot, qulagan, Jizzaxda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя