Главная » 2020 » Март » 7 » Jizzaxda turmushga chiqmagan 22 yoshli ayol egizak chaqaloqlarini dalaga tashlab ketdi
19:37

Jizzaxda turmushga chiqmagan 22 yoshli ayol egizak chaqaloqlarini dalaga tashlab ketdi


Jizzax viloyati Do‘stlik tumanining “Manas” qishloq fuqarolar yig‘inidagi ochiq daladan egizak chaqaloqlar jasadi topildi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi 46 yoshli O‘.R. “Oqoltin ostonasi ko‘rki” fermer xo‘jaligi hududidagi beton ariq yonidan sumka ichida qora rangli polietilen paketga solingan egizak o‘g‘il chaqaloqlarni o‘lik holda topib olgan. So‘ngra  hudud profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisiga xabar qilgan.

“Ekspertiza xulosasiga ko‘ra chaqaloqlar 20-21 haftalik kam vaznli bo‘lib tug‘ilgan”, - deyilgan xabarda.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida topilgan chaqaloqlarni o‘sha yerda istiqomat qiluvchi turmushga chiqmagan 22 yoshli X.G. dunyoga keltirib, tashlab ketgani aniqlangan.

Hozirda surishtiruv olib borilmoqda.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя