Главная » 2020 » Ноябрь » 2 » Jizzaxda yetarli sharoiti bo‘lmagan shifoxonada yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etdi
22:50

Jizzaxda yetarli sharoiti bo‘lmagan shifoxonada yangi tug‘ilgan chaqaloq vafot etdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumanidagi shifoxonada yetarli sharoit bo‘lmaganligi sababli muddatdan oldin dunyoga kelgan chaqaloq vafot etganligi xususida xabar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 29 oktyabr kuni soat 09:10 larda Mirzacho‘l tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida 1997 yilda tug‘ilgan ayol A.Yo., 20 haftalik vazni 500 gramm bo‘lgan qiz jinsiga mansub farzand ko‘rgan va uning chaqalog‘i taxminan 20 daqiqa yashab vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzacho‘l tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot etdi, shifoxonada, yetarli, Chaqaloq, sharoiti, Jizzaxda, yangi tug‘ilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя