Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » Jizzaxga "ko‘chgan an’ana": Yana o‘quvchilar sovuq kunda usti yupun holda tadbirga olib chiqildi
12:47

Jizzaxga "ko‘chgan an’ana": Yana o‘quvchilar sovuq kunda usti yupun holda tadbirga olib chiqildi


Ijtimoiy tarmoqlarda shunday sovuq kunlarda usti yupun holda tashqarida tadbirda ishtirok etayotgan yana bir maktab o‘quvchilarining surati tarqaldi. Suratlar Baxmal tumaniga tegishli ekani aytildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 20 noyabr kuni axborot-kutubxona markazi ochilishi bo‘lib o‘tgan. 

"Ochilish marosimiga tashrif buyurganlar Axborot kutubxona markazida turli tillardagi eng sara asarlar kitoxonlar  uchun taqdim qilinganligi va markazda yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar bilan yaqindan tanishishdi. Axborot-kutubxona markazi joriy yil davomida 1602 nomdagi 10427 nusxada badiiy adabiyotlar va darsliklar bilan boyitildi. Jami kutubxona fondi bugungi kunda 1602 nomda 10427 nusxada bo‘lib, shundan lotin alifbosida 6404ta, kril alifbosida 3873 ta, rus tilida 75 ta, ingliz tilida 75 tani tashkil etadi", deyiladi tadbir yuzasidan berilgan xabarda. 

Ana shu tadbirda o‘quvchilar rasmda ko‘rinib turgani kabi atrofda qorlar hali erimagan, kun soquv bo‘lgan bir paytda yengil kiyimlarda ochiq havoda tadbirda ishtirok etishgan. Ijtimoiy tarmoq foydalaunvchilari tomonidan bolalarning usti yupunligi, biroq atrofdagi "kattalar"ning esa, aksincha, qalin kiyimlarda ekani tanqid qilingan. 


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘quvchilar, an’ana, Jizzaxga, tadbirga, sovuq kunda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя