Главная » 2019 » Декабрь » 14 » Jizzaxlik yigit uni so‘kkan sinfdoshlariga pichoq urdi
23:34

Jizzaxlik yigit uni so‘kkan sinfdoshlariga pichoq urdi


Jizzax viloyatining Arnasoy tumani, “Zarafshon” qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi sinfdoshlar A.P. va U.Q. ichkilik ortidan avval zo‘ravonga, keyin jabrlanuvchiga aylandi, deb yozmoqda“Postda.uz”.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea mast sinfdoshlarning shu qishloqda istiqomat qiluvchi X.J.ni ularning oldiga tez yetib kelishini talab qilishidan boshlangan.

X.J. chaqiriqqa e’tibor qilmagan. Sinfdoshlar uni so‘kib, haqorat qila boshlagan achchiqlangan X.J. shu atrofdagi turar joydan oshxona pichog‘ini olib chiqib, so‘kkan sinfdoshlaridan birining chap biqiniga ikki marta, boshqasining yelkasiga bir marta tig‘ urgan.

Jabrlanuvchilar tuman tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limiga yotqizilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя