Главная » 2022 » Август » 11 » Jo Bayden taʼtilga chiqdi
13:16

Jo Bayden taʼtilga chiqdi


AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 10 avgust kuni taʼtilni o‘tkazish uchun Kiaua  oroliga (Janubiy Karolina) jo‘nab ketdi. Prezident u yerda oilasi bilan yetti kun dam oladi. Bu haqda NBC telekanali maʼlum qilgan.

Maʼlum qilinishicha, Bayden mamlakatning sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan ushbu orolga AQSH vitse-prezidenti sifatida uch marta tashrif buyurgan. Davlat rahbari kelishidan xabar topgan Kiaua shahri hokimiyati mahalliy aholini yaqin kunlarda orol bo‘ylab kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘rilishi, yo‘llarda tirbandlik yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Qayd etilishicha, kecha, 10 avgust kuni tushdan keyin Oq uy egasi, uning rafiqasi Jill Bayden, o‘g‘li Xanter va uning rafiqasi Melissa Koen va nabirasi Bo bilan Prezident samolyotida Endryus harbiy bazasidan Kiaua oroli yonida joylashgan Charlston port shahriga uchib ketgan.

Hozircha AQSH maʼmuriyati Amerika rahbarining taʼtilga oid maʼlumotlarni tasdiqlamagan, shuningdek ushbu davrda Bayden bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealar haqida maʼlumotni oshkor qilmagan. Prezident oilasi joylashgan orolning o‘zi shaxsiy plyajlari va golf kurortlari bilan mashhur.

Aytish joizki, Bayden Kongressdagi ovoz berish, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqib ketilishi va koronavirus pandemiyasi avj olgani sababli avvalgi yozgi taʼtilni to‘liq o‘tkaza olmagandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: chiqdi, Bayden, Jo, taʼtilga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя