Главная » 2020 » Июнь » 2 » “Jon Uik” rejissyori yangi film syujeti haqida so‘zlab berdi
18:53

“Jon Uik” rejissyori yangi film syujeti haqida so‘zlab berdi


Biroz avval, “Jon Uik” filmi ssenariychisi Derek Kolsta yollanma qotil (killer)ning “sarguzashtlari” hali davom etishi va filmning to‘rtinchi qismi kinoteatrlarda 2022-yilning may oyidan keyingina namoyish qilinishi haqida xabar qilgan edik. Endi esa amerikalik rejissyor va “Jon Uik” filmi yaratuvchisi Chad Staxelski yangi “Jon Uik” filmining syujeti sirini oshkor qildi.
“Filmning uchinchi qismi tasvirga olib bo‘lingach, filmda joy yetmagan materiallar qolib ketgan edi. O‘shanda biz kesib olinganlarning 90 foizidan filmning to‘rtinchi qismida foydalanmoqchimiz”, deydi Staxelski. Rejissyorning so‘zlariga ko‘ra, “Jon Uik 4”da  samuraylar haqidagi eski filmlar va qirol Artur haqidagi afsonalardan foydalaniladi. Film ssenariysi ustida Chad Staxelski “Jon Uik 3” (2019-yil) filmi yaratilishida qatnashgan Shey Xatten bilan birga ish olib bormoqda. 
   
“Jon Uik” haqida qisqacha...
Amerikancha “boyevik” 2014-yilda Chad Staxelski va Devid Litch rejissyorligida yaratilgan. Film uch qismdan iborat “boyevik” – Jon Uik (2014-yil), Jon Uik 2 (2017-yil) va Jon Uik 3 (2019-yil)ga asoslanadi. Syujet yollanma qotilning “sarguzashtlari” haqida so‘zlaydi.

Bosh rolni Kianu Rivz ijro etgan. Filmning ilk permyerasi 2014-yil, 13-oktabrda Nyu-York shahrida o‘tkazilgan.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Kino Yangiliklari | | Теги: Jon Uik | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя