Главная » 2020 » Август » 23 » JSST bolalar himoya niqoblari taqishlari kerak bo‘lgan minimal yoshni ma'lum qildi
11:04

JSST bolalar himoya niqoblari taqishlari kerak bo‘lgan minimal yoshni ma'lum qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bolalarning himoya niqoblari taqishi bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Ularga ko‘ra, 12 yoshdan katta bolalargagina niqob taqish majburiy hisoblanadi. 5 yoshgacha bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas.

“5 yoshgacha va undan kichik bolalardan niqob taqishni talab qilish kerak emas. Bu bolaning xavfsizligi va manfaatlariga hamda niqobni minimal yordamda tegishlicha qo‘llay olishiga asoslangan”, deyilgan JSST tavsiyasida.

6 yoshdan 11 yoshgacha bolalarning niqob taqishida bir nechta omillarni hisobga olish lozim: hududda koronavirusning tarqalganligi darajasi, bolalarning niqobdan foydalana olishi hamda niqobning bolaning ta'lim olishi va ruhiy rivojlanishiga ta'siri. 

12 yoshdan katta bolalar esa kattalar niqob taqishlari kerak bo‘lgan sharoitlarda niqob taqishlari shart. “Misol uchun, bolalar 1 metrdan kattaroq ijtimoiy masofaga rioya qila olmaganlarida yoki koronavirus tarqalishi darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda”, deyilgan JSST tavsiyasida.


Manba: "kun.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: ma'lum qildi, Bolalar, yoshni, minimal, himoya niqoblari, JSST | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя