Главная » 2020 » Сентябрь » 7 » JSST: davlatlar yangi pandemiyaga tayyor turishi kerak!
22:06

JSST: davlatlar yangi pandemiyaga tayyor turishi kerak!


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus butun dunyoni yangi pandemiyalarga tayyorlanishga va hozirgisidan saboq chiqarishga chaqirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, sog‘liqni saqlash tizimi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy barqarorlikning asosi hisoblanadi. Bu kasalliklarni aniqlash, oldini olish va qarshi kurashishga qaratilgan xizmatlarga sarmoya ajratish kerakligini anglatadi.

«Bu oxirgi pandemiya emas. Tarix epidemiya va pandemiyalar hayotimizning bir qismi ekanligini ko‘rsatib qo‘ydi. Shunday ekan, keyingi pandemiya boshlanganda butun dunyo hozirgidan ko‘ra ko‘proq tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi kerak», — dedi Gebreyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan brifingda.

JSST bosh direktori odamlar hozirgi COVID-19 pandemiyasidan saboq chiqarishi kerakligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy dinamikaga ega bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlar bunday vaziyatga tayyor turishgandi, chunki atipik pnevmoniya, Yaqin Sharq respirator sindromi, qizamiq, poliomiyelit, Ebola, gripp va boshqa kasalliklarni boshidan o‘tkazgandi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: pandemiyaga, davlatlar, tayyor turishi kerak, Yangi, JSST | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя