Главная » 2020 » Апрель » 1 » JSST koronavirusdan tuzalganlar soni bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi
12:37

JSST koronavirusdan tuzalganlar soni bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatdi


Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti dunyoda koronavirusdan tuzalganlar soni to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi, chunki barcha mamlakatlar bunday ma’lumotlarni muntazam ravishda taqdim etolmayaptilar.

JSSTning rasmiy vakili Tarik Yazarevichning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab mamlakatlarda kasallar sog‘ayib ketish imkoniyatiga ega emaslar, shuning uchun vaziyat rivojlanib borar ekan, tashkilot yangi ma’lumotlarni olishi mumkin, deya xabar beradi RIA Novosti.

Koronavirus COVID-19 — bu yangi kasallik, unga immunitet qanday moslashgani va odamning to‘liq tiklanganligini qanday aniqlash mumkinligi haqida ko‘proq epidemiologik ma’lumotlarni olish kerak, dedi Yazarevich.

JSST tavsiyalariga ko‘ra, bemor ikki qayta tekshirilganda virus aniqlanmasa, U tuzalgan bo‘ladi.

Dunyoda, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 860 mingdan ortiq kasallik holati va 42 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.


Manba: "sof.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя