Главная » 2020 » Февраль » 13 » JSST koronavirusga qarshi vaksinalar qachon sinovdan o‘tkazilishini ma’lum qildi
20:41

JSST koronavirusga qarshi vaksinalar qachon sinovdan o‘tkazilishini ma’lum qildi


COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinalarni insonda sinovdan o‘tkazish to‘rt-besh oydan so‘ng boshlanadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ijrochi direktori Sumiya Svaminatanga tayanib, “RBK”xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda yangi virusga qarshi bir nechta vaksina yaratilmoqda. “Ulardan biri sinov uchun taxminan to‘rt yoki besh oydan so‘ng tanlab olinadi”, — deydi Svaminatan.

Shu bilan birga, vaksinadan yarim yildan so‘ng bevosita foydalanish mumkin bo‘ladi.

Svaminatanning ta’kidlashicha, olimlar hali koronavirusning ko‘plab jihatlarini aniqlashi kerak: uning manbasi va odamlarga yuqish xarakteri, virusning atrof-muhitga ta’siri, karantin va boshqa cheklov tadbirlarining samaradorligi kabi.

11—12-fevral kunlari Jenevada JSSTning global forumi o‘tkazilib, unda 400 dan ortiq olim ishtirok etdi.
Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat komissiyasi mamlakatda COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 1113 kishiga yetgani haqida xabar berdi. Xitoy bo‘ylab virusni yuqtirib olganlar soni 44 653 kishini tashkil etmoqda, shu kunga qadar ularning 4740 nafari davolangan, 8204 odam og‘ir ahvolda, kasallar bilan aloqada bo‘lgan yana 185 ming kishi nazorat ostiga olingan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя