Главная » 2020 » Декабрь » 22 » JSST koronavirusning yangi turi haqida ma’lumot berdi
17:42

JSST koronavirusning yangi turi haqida ma’lumot berdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusning yangi turi kasallikning kechishini og‘irlashtirayotgani to‘g‘risida hech qanday dalil yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda JSST sog‘liqni saqlash bo‘yicha favqulodda vaziyatlar dasturi direktori Maykl Rayan aytib o‘tgan.

“Biz o‘zimizni qanday himoya qilishni bilamiz. Viruslarning turidan qat’i nazar, qoidalar o‘zgarmaydi”, dedi Rayan va JSST yangi virus turlarning topilishiga ijobiy munosabatda bo‘lishini ta’kidladi.

Rayanga ko‘ra, virusning mutatsiyasini real vaqt rejimida kuzatib borish haqiqatan ham global sog‘liq uchun ijobiy o‘zgarish va bunday kuzatuv olib borayotgan mamlakatlar maqtovga sazovordir.

“Biz muvozanatni ushlab turishimiz kerak. Shaffoflikni ta’minlash juda muhim, jamoatchilikka uning nima ekanini tushuntirish lozim, ammo bu virus evolyutsiyasining normal qismi ekanini anglash ham kerak”, deya qo‘shimcha qildi JSST vakili.

Avvalroq, koronavirusning yangi turi sentyabr oyida Buyuk Britaniyada paydo bo‘lib, noyabr oyining o‘rtalarida faol tarqalishni boshlagani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng Buyuk Britaniya Hukumati yangi cheklovlar o‘rnatilishini e’lon qildi. Ko‘rilayotgan choralar fonida London aholisi shahar tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilib, temir yo‘l stansiyalarida to‘plangan. Shuningdek, bir qancha davlatlar yangi turdagi koronavirus qo‘rquvi sabab Buyuk Britaniya bilan aviareyslarni to‘xtatgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: JSST, yangi turi, koronavirusning, ma’lumot berdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя