Главная » 2020 » Апрель » 7 » JSST olimlarning koronavirusga qarshi vaksina haqidagi so‘zlaridan irqchilik “isi”ni topdi
15:04

JSST olimlarning koronavirusga qarshi vaksina haqidagi so‘zlaridan irqchilik “isi”ni topdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti fransuz olimlarining SARS-CoV-2  koronavirus vaksinasini Afrikada sinab ko‘rish to‘g‘risidagi taklifiga tanqidiy munosabatda bo‘ldi, deb xabar berdi DW.

JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus bunday bayonot "irqchi" va "birdamlik ruhiga zid" ekanligini aytdi va "mustamlaka mentalitetining yodgorligi", deya so‘zlariga qo‘shimcha qildi.

“Afrikada biron bir vaksinani sinab ko‘rishi mumkin emas va bo‘lmaydi”, dedi Gebreyesus.

Gap shundaki, aprel oyining boshida ikki fransuz olim televizion munozarada yangi virusga qarshi vaksinani Afrika mamlakatlarida sinashni taklif qilishgandi.

“U yerda niqoblar, davolanish imkoniyati, reanimatsiya choralari yo‘q”, degan edi Parij kasalxonasining bosh shifokori Jan-Pol Mira.

“Inserm” Davlat Instituti ilmiy-tadqiqot direktori Kamil Losh esa suhbatdoshni qo‘llab-quvvatlagan va Yevropada yoki Avstraliyada ham test o‘tkazish kerakligini aytgandi.

Ularning so‘zlari (keyinchalik bo‘lgan voqea uchun kechirim so‘rashdi) tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi bu borada mutaxassislarning da’volari Fransiya hukumatining pozisiyasini aks ettirmasligini ma’lum qildi.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя