Главная » 2020 » Июль » 12 » JSST Qozog‘istonda tarqalgan noma’lum kasallikni «koronavirusning yangi formasi» deb atadi
15:34

JSST Qozog‘istonda tarqalgan noma’lum kasallikni «koronavirusning yangi formasi» deb atadi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Qozog‘istonda tarqalayotgan noma’lum pnevmoniyani «koronavirusning yangi formasi» deya atadi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bergan.

«Qozog‘istonda tarqalgan noma’lum pnevmoniya koronavirusning yangi formasi bo‘lishi mumkin, unga noto‘g‘ri tashxis qo‘yilgan. COVID-19 ning mamlakatda avjiga chiqayotgani bu versiyani tasdiqlaydi», - degan JSST rasmiysi Maykl Rayan Jenevadagi brifingda.

Aydi damda JSST Qozog‘iston hukumati bilan pnevmoniyaga chalinganlarning rentgen suratlarini o‘rganish bo‘yicha ishlamoqda. Ularning yangi pnevmoniyaga aloqasi tekshirilmoqda.

Shu kuni hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida prezident To‘qayev pnevmoniya bilan bog‘liq vaziyatni favqulodda holat deb tan olish zarurligini aytgan.

9-iyul kuni Xitoyning Qozog‘istondagi elchixonasi mamlakatda yangi kasallik tarqayotgani sabab ogohlantirish bilan chiqqan, Qozog‘iston tomoni esa buni rad etgandi.

Xitoy elchixonasiga ko‘ra, mazkur uch viloyatda 500 ga yaqin mahalliy aholi zotiljamning noma’lum turiga chalingan, ulardan 30 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi zotiljamning noma’lum ko‘rinishi haqidagi xabarni rad etgan. Bu boradagi xabarlarni haqiqatdan yiroq deb atagan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: JSST, deb atadi, Qozog‘istonda, tarqalgan noma’lum kasallikni, «koronavirusning yangi formasi» | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя